Ixtisoslashtirilgan maktab internat jamoasi bilan uchrashildi

Ixtisoslashtirilgan maktab internat jamoasi bilan uchrashildi

Quva tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan 63-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab internatida «Yuksak iste’mol madaniyat sari» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda tuman jamiyati raisi Adxamjon Xamidov iste’molchilik ijtimoiy harakatining bugungi kun ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizda tutgan o‘rni va ahamiyati, barchaning iste’molchi ekanligidan kelib chiqib, sohaning dolzarbligi va bu boradagi huquqiy bilimning ahamiyati, qonun ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini keng yo‘lga qo‘yish, unda Federatsiya a’zolarining ishtiroki masalalarida atroflicha fikr va mulohazalar bildirib o‘tdi.

Shundan so‘ng, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga tuman jamiyati raisi hamda jamiyat huquqiy himoya mutaxassisi A.Tuxtaboevlar tomonidan javoblar qaytarildi.

Feruza Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий