Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida tumandagi Madaniyat bo‘limi jamoasi ishtirokida “Iste’mol madaniyati sari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, ularning qonun doirasida himoyalanib kelinayotgan huquq va burchlari va bu borada olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtalindi. Shu bilan birga nafaqat yurtimizda istiqomat qiluvchi, balki horijdagi yurtdoshlarimizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlarini Federatsiya tomonidan himoya qilish yo‘lga qo‘yilganligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
O‘z o‘rnida Madaniyat bo‘limi xodimlari hayoti va faoliyatlarida duch kelayotgan muammolarni barataraf etishda jamiyatimiz xodimlaridan ko‘mak so‘rashgan bo‘lsa, zaruriy chora-tadbirlar haqida to‘liq fikr-muloxazalar bildirildi.
Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий