Iste’molchilik huquqingizni bilasizmi?
Uchko‘prik tumanidagi 39-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan «Iste’molchilik huquqingizni bilasizmi?» mavzusida o‘quv seminari qiziqarli, mazmunli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.
Tadbirda barchaning iste’molchi ekanligidan kelib chiqib, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish va bu boradagi jamoatchilik nazoratini keng yo‘lga qo‘yilishidan aholining barcha qatlamlari manfaatdorligiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil dekabr’ oyida Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida qabul qilinayotgan qarorlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini keng yo‘lga qo‘yish va unda jamoatchilikning keng ishtirokini ta’minlash bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda Federatsiya va uning hududiy organlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratib o‘tildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning iste’molchilik sohasiga oid savollariga tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.
Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий