Jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish ishlari olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi, «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonunlari hamda Federatsiyaning Qurilish vazirligi va O‘zbekiston Milliy Axborot Agentligi bilan imzolagan memorandumlari asosida hududlarda qurib foydalanishga topshirilgan hamda bugungi kunda qurilish ishlari davom ettirilayotgan qurilish ob’ektlari (bino, inshoot, turar joy binolari, yengil turdagi qurilmalar, vaqtinchalik qurilmalar) qurilish normalari va qoidalari, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligini o‘rganish bo‘yicha jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
Federatsiya topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida hududiy birlashma Ishchi guruhi Uchko‘prik tumanida qurib foydalanishga topshirilgan hamda bugungi kunda qurilish ishlari davom ettirilayotgan qurilish ob’ektlarida bo‘lib belgilangan reja asosida o‘rganishlar olib bormoqda.
O‘rganishlar doirasida Ishchi guruh tomonidan ob’ektlarda tegishli me’yoriy hujjatlarning mavjudligi, sifati va texnik reglamentlarga mosligi, qurilishda ishlatilayotgan materiallar va buyumlarning sertifikatlanganlik holati, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash talablariga rioya etilishi, mazkur ob’ektlardan imkoniyati cheklangan shaxslarning moneliksiz foydalanishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, ekologiya va atrof muhit xavfsizligi talablariga amal qilinishi va boshqa shu kabi talablar ijrosini ta’minlanganaligi holatlari ko‘rib chiqiladi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий