Maktabgacha ta’lim muassasalarida turli mavzularda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda

Maktabgacha ta’lim muassasalarida turli mavzularda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda

Beshariq tumanidagi 61-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari ishtirokida “Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi xamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunlar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

Shuning birgalikda, yuqoridagi qonunlar ijrosini ta’minlash, ularning ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati olib borish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham axborotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarining sohaga oid masalalardagi savollariga javoblar qaytarildi.

Baxtiyor Juraev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий