Faol tayanch guruhlari bilan muloqotlar o‘tkazilmoqda

Faol tayanch guruhlari bilan muloqotlar o‘tkazilmoqda

Hududiy birlashmaning 2021 yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasiga asosan hududlardagi korxona, tashkilot, idora va muassalarida tashkillangan va Federatsiya faoliyatida munosib ishtirok etib kelayotgan tayanch guruhi faollari bilan hududiy birlashma rahbar xodimlarining uchrashuvlari o‘tkazib borilmoqda.

Bugun hududiy birlashma raisi o‘rinbosari Dilshodjon Fozilov boshchiligida tayanch guruhlari bilan olib borilayotgan hamkorlik samaradorligini o‘rganish, tizimdagi tayanch guruhlari faoliyati bilan tanishish hamda ularni qiynab turgan muammolarni o‘rganish maqsadida Oltiariq tumanida bo‘linib, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash bo‘limlari rahbar va mas’ul xodimlari bilan uchrashildi.

Uchrashuvlarda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning zarur sifati va xavfsizligini hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlash, ishchi-xizmatchilarning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ustidan olib boriladigan jamoatchilik nazoratida faol ishtirokini ta’minlash maqsadida tumanda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish hamda bu borada yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borish masalalari muhokama qilindi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий