Boshlang‘ich tashkilotlar mas’ullari bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilmoqda
Hududiy birlashmaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasiga asosan hududlardagi korxona, tashkilot, idora va muassalarida tashkillangan va Federatsiya faoliyatida munosib ishtirok etib kelayotgan tayanch guruhi faollari bilan hududiy birlashma rahbar xodimlarining uchrashuvlari o‘tkazib borilayotganligi xususida xabarlar berib boryapmiz.
Hududiy birlashma raisi o‘rinbosari Dilshodjon Fozilov va boshqa mas’ullarning navbatdagi uchrashuvlari Qo‘shtepa tumanida davom ettirildi. Tumandagi tayanch guruhlari bilan olib borilayotgan hamkorlik samaradorligini o‘rganish, boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati bilan tanishish hamda ularni qiynab turgan muammolarni o‘rganish maqsadida tuman xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim va Obodonlashtirish bo‘limlarida tashkillangan tayanch guruhlari rahbar va mas’ul xodimlari bilan uchrashildi.
Uchrashuvlarda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning zarur sifati va xavfsizligini hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlash, ishchi-xizmatchilarning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ustidan olib boriladigan jamoatchilik nazoratida faol ishtirokini ta’minlash maqsadida tumanda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish hamda bu borada yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borish masalalari muhokama qilindi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий