Iste’molchi ikki yarim million so‘mlik qarz majburiyatidan xalos bo‘ldi

Iste’molchi ikki yarim million so‘mlik qarz majburiyatidan xalos bo‘ldi

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Qo‘chqorchi mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Yu. Mullajonovning yozma murojaati o‘rganildi. Iste’molchi murojaatida iddao qilinishicha, shahar gaz idorasi uning xonadoniga nisbatan 2 669 880 (ikki million olti yuz oltmish to‘qqiz ming sakkiz yuz sakson) so‘m miqdorida asossiz qarz majburiyatini yuklagan.

O‘rganish jarayonida murojaatchi xonadoniga yangi gaz hisoblagich o‘rnatilganligi, iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun to‘lovlar yil davomida o‘z vaqtida amalga oshirib kelinganligi va joriy yilning shu vaqtiga bo‘lgan real qarzdorlik 78000 (etmish sakkiz ming) so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish natijalari bilan oshiqcha hisoblangan qarzdorlik asossiz deb topilishiga, o‘rganish ma’lumotnomasi va qayta hisob-kitob dalolatnomasi asosida qarzdorlikni Billingaz bazaviy dasturidan chiqarilishiga, shuningdek shahar gaz ta’minoti idorasi xodimlari tomonidan 2021 yil 2 avgust kuni tuzilgan dalolatnomani bekor qilinishiga hamda iste’molchining real qarzdorligiga aniqlik kiritib berilishiga erishildi.

O‘rganish doirasida tomonlarga amaldagi iste’molchilarning uhquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik bo‘yicha iste’molchi va xizmat ko‘rsatuvchining huquq va majburiyatlari, iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish va uning hisobini yuritish bo‘yicha tartib va qoidalarga qat’iy amal qilish bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Axadjon Rasulov
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий