Hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda

Hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Federatsiya Ustavi va ichki me’yoriy hujjatlari bilan belgilab berilgan vazifalar yuzasidan kadrlar o‘quvi o‘tkazildi. Unda Federatsiyaning tumandagi tayanch guruhlari rahbarlari, xususan tuman hokimligi, Xalq ta’limi bo‘limi, Obodonlashtirish boshqarmasi, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida tashkillangan tayanch guruhlari faollari va jamiyat xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda Federatsiyaga a’zolikka qabul qilish va tayanch guruhlari faoliyatini tashkil qilish, tayanch guruhida ish yuritish hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni yuritish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berish barobarida, tuman jamiyatining joriy yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, rejada belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlashda yaqindan hamkorlik olib borish masalalari ham muhokama qilindi.

Shuningdek, hududda O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, iste’molchilarning murojaatlari bilan ishlash va ularni samarali hal etilishida uzviy hamkorlik va ijtimoiy sheriklik masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

O‘tkazilgan tadbir yakunlariga ko‘ra, tumanda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni keng targ‘ib qilish va aholining bu boradagi huquqiy bilimi va iste’moli madaniyatini oshirish borasida yanada yaqindan hamkorlik olib borishga kelishib olindi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий