Fuqaroning olti million so‘mlik huquqlari himoya qilindi

Fuqaroning olti million so‘mlik huquqlari himoya qilindi

Quvasoy shahar istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan Kokilon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaro R.Usmonova, Farg‘ona tumanidagi “Satkak sement” MChJdan 155 (bir yuz ellik besh) dona shifer sotib olganligi, lekin shiferlarning 55 donasini ishlatganida yorilib ketganligi, u mazkur masalada korxona mas’ullariga bir necha bor murojaat qilsada muammo hal bo‘lmasdan kelayotganligi to‘g‘risida shikoyat qilgan.

Murojaatni shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganish jarayonida R.Usmonovaning 155 dona shiferlarni “Satkak sement” MChJdan sotib olganligi, ularning 55 donasi ishlatilganda yorilib ketganligi borasidagi vajlari isbotini topdi.

O‘rganish ishlari doirasida korxona rahbari nomiga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni talablarini bajarish va fuqaro murojaatini ijobiy hal etish masalasida xat bilan murojaat qilindi. Natijada iste’molchining qo‘lida mavjud bo‘lgan 155 dona shiferlarning barchasi almashtirib berilishiga, iste’molchining 6 mln 200 ming so‘mlik moddiy manfaatlari himoya qilib qolinishiga erishildi.

Ahadjon Rasulov
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий