Fuqarolar murojaatlari e’tiborda

Fuqarolar murojaatlari e’tiborda

Federatsiya tizimidagi tashkilotlarda aholi murojaatlari bilan ishlash uchun istemol.uz rasmiy saytidagi vertual qabulxona, 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoni hamda PotrebitelUz_bot telegram botlari ishlab turibdi. Shuningdek, aholi vakillari tomonidan respublikaning tuman va shaharlarida faoliyat olib borayotgan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozma va og‘zaki murojaatlar bo‘lib turibdi.

Xususan, Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Qo‘shchinor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar nomidan murojaat kelib tushgan. Murojaatda hudud aholisiga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishda kechikish bo‘layotganligi ma’lum qilingandi.

Murojaat tuman jamiyati va gaz idorasi mas’ullari ishtirokida tezkorlikda o‘rganib chiqilib, aholiga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berilishi ta’minlandi.

Dilorom Mirzayeva
Bag‘dod tuman IHHQ jamiyati mutaxasisi

Отправить комментарий