Unitar korxona ishchi-xodimlari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi

Unitar korxona ishchi-xodimlari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumandagi Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida davra suhbati tashkillandi.

«Yuksak iste’mol madaniyati sari» mavzusida o‘tgan davra suhbatida korxonaning ishchi xodimlari ishtirok etishib, unda amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, iste’molchilik ijtimoiy harakati, Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari faoliyati yuzasidan ma’lumotlar bilan tanishib o‘tdilar.

Tuman jamiyati mutaxassislari tadbir doirasida ishchi xodimlarning iste’molchilik sohasiga oid savollari, fikr va mulohazalari hamda takliflarini tinglab, ularga amaldagi qonunchilik talablari asosida javoblar qaytarishdi. Xususan tadbir ishtirokchilaridan D.Xolmatov, S.Xoshimova va boshqalarning qo‘shimcha o‘rganishni talab qilmaydigan ogzaki murojaatlari joyida hal kilib berildi.

Tadbir so‘ngida korxona va tuman jamiyati o‘rtasida hamkorlikda olib boriladigan ishlar kelishib olindi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий