Tuman jamiyati faollarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi

Tuman jamiyati faollarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi

Federatsiya kengashi qaroriga asosan hududlarda tuman (shahar) jamiyatlari tayanch guruhlari faollarining umumiy yig‘ilishlarini o‘tkazilishi belgilangan. Kengash qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tayanch guruhlari faollari yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibidan Federatsiyaning yangi tahrirdagi ustaviga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar muhokamasi, viloyat hududiy birlashmasining navbatdan tashqari konferensiyasiga vakillar saylash masalalari o‘rin oldi.

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalarni atroflicha ko‘rib chiqib, tegishli qarorlarni qabul qildi hamda viloyat konferensiyasiga ishtirok etishlari uchun 5 nafar nomzodlarni ma’qulladi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий