Ta’lim tashkilotlari xodimlari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda
Rishton tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tomonidan tuman hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xodimlar bilan ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda. Tumandagi 56-maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tadbir shulardan biri.
Tadbirlardan ko‘zlangan maqsad, ta’lim muassasalari ishchi-xodimlari holidan xabar olish, ularga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslarini targ‘ib qilish, ularning sohaga oid yangiliklardan xabardorligini ta’minlash, huquqiy maslahatlar berish va boshqalardan iboratdir.
O‘tkazilayotgan har bir tadbir doirasida mazkur tashkilotlar xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilmoqda, huquqiy maslahatlar berilmoqda, shuningdek qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar tegishli ravishda qayd qilib olinib, ularni hal qilish choralari ko‘rilmoqda.
Xusniddin Latipov
Rishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий