Tibbiyot muassasalarining xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilyapti
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tomonidan korxona va tashkilotlarda o‘tkazilayotgan turli shakllardagi ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari davom etmoqda. Shahardagi ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinikada ham shunday tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirda tibbiyot xodimlariga iste’molchilik ijtimoiy harakatining jamiyat hayotida tutgan o‘rni va roli, mazkur harakatning aholining huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirishdagi hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdagi ahamiyati va roli, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar xususida tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tibbiyot xodimlarini sohaga oid qonunchilik asoslari, bu boradagi yangiliklardan doimiy xabardorligini ta’minlash, buning uchun esa shahar jamiyati bilan bu borada yaqindan hamkorlik masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir doirasida muassasa xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, huquqiy maslahatlar berildi.
Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий