Sanoat korxonalariga press-tur tashkillandi

Sanoat korxonalariga press-tur tashkillandi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan Farg‘ona tumani hududida joylashgan «Vodiy shoes» va «Baxodir Log`on textile» mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga press-tur tashkillandi. Press-turda Agentlik mas’ul xodimlari, agentlikning Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlarida mehnat faoliyati olib borayotgan rahbar va mas’ul xodimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yuqorida nomlari zikr etilgan korxonalarda texnik reglamentlarning majburiy talablari ijrosi qay darajada ta’minlayotganligi holatlarini o‘rganish, ishlab chiqaruvchilarga soha mutaxassislari tomonidan amaliy va uslubiy hamda huquqiy maslahatlar berish, olib borilayotgan ishlar yuzasidan keng jamoatchilikning xabardoriligini ta’minlash va boshqalardan iborat.

Press-tur ishtirokchilari dastlab «Vodiy shoes» mas’uliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqarish sexida bo‘lib, bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimenti bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarga foydalanilayotgan xom-ashyo, ishlab chiqarilayotgan va ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotlar turlari, tayyor mahsulotlarni sotish uchun tayyorlash va markirovka qilish jarayonlari yaqindan tanishtirib o‘tildi. E’tiborlisi, ushbu korxona ichki va tashqi bozorda mavjud talabdan kelib chiqib, bolalar assortimentidagi oyoq kiyimlari ishlab chiqarish faoliyatini ham yo‘lga qo‘ymoqda ekan.

Press-turning ikkinchi qismida tadbir ishtirokchilari «Baxodir Log`on textile» mas’uliyati cheklangan jamiyatida paxta xom-ashyosini qayta ishlash jarayonlari bilan tanishdilar.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlari tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlarga ham qisqacha to‘xtalib o‘tsak.

Metrologiya sohasi bo‘yicha. O‘tgan yilda yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan 20962 dona buyurtmalarga asosan 40477 dona o‘lchash vositalari metrologik tekshiruvlardan o‘tkazilgan bo‘lib. shularning 304 donasi metrologik attestatlashdan, qolgan 40173 donasi esa qiyoslashdan o‘tkazilgan.

Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida 4 dona namunaviy o‘lchash qositalari xarid qilinib, ishga tushirilgan, shuningdek logistika xizmatlarini rivojlantirish uchun 1 dona maxsus yuk avtomashinasi xarid qilingan.

2021 yil davomida filial mutaxassislari korxonabay ishlash tizimi doirasida 456 ta ishlab chiqarish va eksportyor korxonalarda bo‘lishib, mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha amaliy yordamlarini ko‘rsatganlar.

Sertifikatlashtirish va sinov sohalari bo‘yicha. 2021 yilda 199 ta eksportyor korxonalarga sohaga oid ko‘rsatilgan amaliy yordamlar umumiy qiymati 14,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 95 turdagi mahsulotlarni eksport qilinishida o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan.

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga Global GAP va Organic sertifikatlarining afzalliklari va qulayliklari bo‘yicha olib borilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari natijasida, mazkur korxonalarda mazkur standartlarni joriy etilishiga hamda mahsulotlarning MDH, YeOIH, YeI davlatlariga, BAA va Xitoy kabi dalatlarga erkin kirib borishiga sharoit yaratmoqda. O‘tgan yili mazkur sertifikatlar yordamida 3,8 million AQSh dollariga teng mahsulotlar jahon bozorlariga chiqib borgan.

Olib borilgan ishlar natijasida 66 ta eksportyor korxonalarga va 580 ta mahalliy korxonalarga tegishli muvofiqlik sertifkatlari rasmiylashtirilishiga amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari standartlari o‘zlashtirilgan. 2021 yilda bu borada 4 nafar xodimlar malakasini oshirgan bo‘lsa, joriy yilda yana 11 nafar xodimning malakasini oshirish rejalashtirilmoqda.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Rasmlarni O‘zA fotomuxbiri Muqimjon Qodirov olgan.

 

Отправить комментарий