Iste’molchilik sohasiga oid masalalar yuzasidan pedagog xodimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda
Yozyovon tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari umumta’lim maktablarida pedagog xodimlar ishtirokida iste’molchilik sohasiga masalalarda uchrashuvlar o‘tkazmoqdalar. Bugun 12, 25 va 26-umumta’lim maktablari xodimlari bilan ham shunday uchrashuvlar o‘tkazildi.
Tadbirlar doirasida amaldagi qonunchilik asoslari, iste’molchilik ijtimoiy harakati, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari faoliyati yuzasidan qisqacha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, mazkur tashkilotlar xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, ularga huquqiy maslahatlar berildi hamda iste’molchilik sohasiga oid muammolarga duch kelinganda Federatsiya va uning hududiy tuzilmalariga murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.
Ma’mura Umarova
Yozyovon tuman jamiyati raisi
Отправить комментарий