Maktab jamoasi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari Federatsiya ustavi bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, hududdagi korxona, tashkilot, idora va muassasalar ishchi va xizmatchilarining iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish maqsadida joylarda turli shakllardagi ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazib bormoqdalar. Shunday tadbirlardan biri tumandagi 43-umumta’lim maktabida ham bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilariga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslarini tushuntirish va targ‘ib qilish barobarida, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning quyi tuzilmalari tomonidan joylarda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ham axborotlar berildi.
Maktab jamoasiga barchaning iste’molchi ekanligidan kelib chiqqan holda, kundalik turmush jarayonida iste’molchilik masalasida muammolarga duch kelganda, iste’molchilik huquqlari buzilganda Federatsiyaning markaziy apparati va joylardagi ijro etuvchi apparatlariga murojaat qilish tartiblari, ular uchun bu borada yaratilgan qulayliklar tushuntirilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий