Tuman jamiyati rahbari ishtirokida brifing o‘tkazildi
Yozyovon tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Ma’muraxon Umarova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda hududdagi tashkilotlardan vakillar va tuman gazetasi vakili ishtirok etdi.
Dastlab tuman jamiyati raisi M.Umarova «Yozyovon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 2021 yilda va joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar» xususida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, u yig‘ilganlarni mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari faoliyati bilan qisqacha tanishtirib o‘tdi.
Tadbirning ikkinchi qismida M.Umarova va tuman jamiyati mutaxassislar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytardilar.
Rahmatillo Shodmonov
Yozyovon tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий