Tuman jamiyati tomonidan o‘tgan davrda amal oshirilgan ishlari yuzasidan brifing
Bag‘dod tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tomonidan jamiyatning 2021 yil davomida amalga oshirgan ishlari hamda joriy yilga mo‘ljallangan rejalariga bag‘ishlangan brifing tashkillandi.
Brifingda tuman jamiyati raisi Sherzodjon Muxamov jamoatchilik vakillari e’tiboriga 2021 yilda va joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumotlar berib o‘tdi. Jamiyat raisi amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborot berish bilan birgalikda, mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatining bugungi holati, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan mazkur harakatni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida axborotlar bilan ham tadbir ishtirokchilarini tanishtirib o‘tdi.
Tadbirning ikkinchi yarmida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Dilorom Mirzayeva
Bag‘dod tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий