O‘zbekiston tumanida ham tuman jamiyati tashabbusi bilan brifing tashkillandi
O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Muzaffar Juraev va jamiyat mutaxassislari ishtirokida tashkillangan brifingda tumandagi turli tashkilotlarda mehnat faoliyati olib borayotgan jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Brifingda so‘z olgan M.Juraev tuman jamiyati faoliyati yuzasidan qisqacha axborot berib o‘tdi. Shuningdek, u tuman jamiyatining mamlakat iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatidagi ishtiroki, iste’molchilarning huquqiy ongi va iste’mol madaniyatini oshirish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, sohaga oid qonun va qonunosti hujjatlari ijrosi ustidan olib borilayotgan jamoatchilik nazorati, Federatsiya Ustavi bilan belgilab berilgan boshqa vazifalar ijrosi borasidagi ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tib, tadbir ishtirokchilarini kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishga, o‘zlarini qiziqtirgan masalalarda savollar bilan murojaat qilishga chorladi.
Tadbir doirasida so‘z olgan ishtirokchilar kun tartibidagi masala yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirish barobarida, hududda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish boarsidagi taklif va mulohazalarini ham bildirib o‘tdilar. Tadbir advomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar ham qaytarib borildi.
Isomiddin Abbasov
O‘zbekiston tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий