Beshariqda jamoatchilik vakillari ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi
Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mutasaddilari tashabbusi bilan brifing tashkillandi. Unda tuman hokimligi, hududdagi jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, OAV vakillari, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar.
Brifingda jamiyatning 2021 yil davomida amalga oshirgan ishlari hamda joriy yilga mo‘ljallangan rejalari bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Ta’kidlandiki, tuman jamiyati mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatining kichik bir bo‘lagi sifatida yurtimizda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy ongi va iste’mol madaniyatini oshirish borasidagi ishlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan o‘tgan 2021 yilda Federatsiya Ustavi bilan belgilab berilgan vazifalar, Federatsiya markaziy apparati va hududiy birlashma topshiriqlari ijrosini ta’minlash, tuman jamiyatining asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasidan kelib chiqqan holda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkillandi, amaldagi qonunlar asosida iste’molchilarning murojaatlari asosida ularning huquqlarini himoya qilish ishlari amalga oshirildi, jamoatchilik nazoratiga doir o‘rganish va kuzatuvlar o‘tkazildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarning sohaga oid masalalardagi fikr va mulohazalari tinglandi hamda ularni qiziqtirgan savollariga javoblar qaytarildi.
Baxtiyor Juraev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий