Farg‘ona shahar jamiyati tashabbusi bilan brifing tashkillandi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Nodirjon Toshkanov ishtirokida tashkillangan brifingda shahardagi ayrim korxona, tashkilot va muassasa xodimlari, shuningdek Federatsiya faollari ishtirok etdilar.
Tadbirda N.Toshkanov Farg‘ona shahar jamiyati tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari ijrosi ustidan olib borilayotgan jamoatchilik nazorati tadbirlari yuzasidan axborotlar berib o‘tdi.
Shuningdek, tadbir doirasida Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi apparatlari tomonidan joylarda olib borilayotgan ishlar, Federatsiya tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha ham ma’lumotlar berib o‘tilib, tadbir ishitrokchilarining savollariga javoblar qaytarildi.
Azamatjon Babaev
Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий