Yana bir shifo maskanida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Yana bir shifo maskanida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Farg‘ona shahar Bolalar shifoxonasida ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tizim tashkilotlari o‘rtasida olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tizim tashkilotlari o‘rtasida olib borilayotgan ijtimoiy sheriklikka misol sifatida Taraqqiyot strategiyasining tegishli maqsadlari ijrosini ta’minlashda hamkorlikda olib boriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini keltirib o‘tish mumkin. Undan ko‘zlangan maqsad esa, aholining keng qatlamlarini iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik bo‘yicha huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, davlat boshqaruvi va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtiroki darajasini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, oqibatda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ishlarini son va sifat jihatidan yuqoriroq darajaga ko‘tarishdan iboratdir.

Shifoxonada o‘tkazilgan mazkur tadbirda ham ana shu chora-tadbirlar rejasi asosida hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokamasi o‘tkazilishi barobarida, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan sohaga oid savollarga javoblar qaytarildi.

Azamatjon Babayev
Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий