Tibbiyot markazi xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Farg‘ona viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ham Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari ishtirokida tadbir tashkillandi. Tadbirda tizim tashkilotlari o‘rtasida olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tizim tashkilotlari o‘rtasida Taraqqiyot strategiyasining tegishli maqsadlari bo‘yicha ijtimoiy sheriklik va hamkorlikni ko‘zda tutuvchi mazkur chora-tadbir rejasidan ko‘zlangan maqsad aholining keng qatlamlarini iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik bo‘yicha huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, davlat boshqaruvi va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtiroki darajasini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, oqibatda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ishlarini son va sifat jihatidan yuqoriroq darajaga ko‘tarishdan iboratdir.
Shifoxonada o‘tkazilgan mazkur tadbirda ham ana shu chora-tadbirlar rejasi asosida hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokamasi o‘tkazilishi barobarida, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan sohaga oid savollarga javoblar qaytarildi.
Azamatjon Babayev
Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий