Qonun targ‘iboti maktabgacha ta’lim tashkilotida

Qonun targ‘iboti maktabgacha ta’lim tashkilotida

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 20-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida “Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida” mavzusida o‘quv seminari tashkilladilar.

Seminarda tashkilot xodimlarining iste’molchilik huquqiy bilim va madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot o‘tkazilib, ularning e’tiboriga shu kunga qadar olib borilgan ishlar haqida to‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek tadbirda O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuniga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ham batafsil tushunchalar berildi.

Seminarda uning ishtirokchilari tomonidan duch kelinayotgan muammolar yuzasidan berilgan savollarga qonun doirasida javoblar qaytarilib, zarur huquqiy maslahatlar berildi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий