Tayanch guruhlaridagi tadbirlar davom etmoqda

Tayanch guruhlaridagi tadbirlar davom etmoqda

Qo‘qon shahridagi 1-oilaviy poliklinikada “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida tadbir tashkillandi. Unda shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi R. Ulmasov Federatsiya tashabbusi bilan mazkur oylikni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar xususida gapirib o‘tdi.

Shuningdek, ishtirokchilarga Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar, iste’molchilik harakatiga doir qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati yuzasidan ham qisqacha tushuntirishlar berib o‘tilib, ularning savollarga javoblar qaytarildi.

Tibbiyot xodimlariga kundalik turmush jarayonida iste’molchilik sohasiga oid muammolarga duch kelganda Federatsiya tizimi tashkilotlari kuch va imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar ham berib o‘tildi.

Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий