Uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning sharoitlari bilan tanishilmoqda

Uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning sharoitlari bilan tanishilmoqda

Federatsiya topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Marg‘ilon shahrida ham jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarga davlat tomonidan bepul ta’lim berish borasidagi ishlar jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishdan o‘tkazilmoqda.

Bugun shahar jamiyati mas’ullari hududdagi 14, 28, 32 va 25-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lishib, mazkur maktablar mas’ulligidagi jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish ishlari bilan tanishdilar. O‘rganishlarda o‘quvchining ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, darslarni belgilangan jadval asosida muntazam o‘tib borilayotganligi kabi holatlarga e’tibor qaratilib, o‘quvchining o‘zi va ota-onasidan bu boradagi fikrlari bilan ham qiziqilmoqda.

Xuddi shunday o‘rganishlarni shahardagi boshqa maktablar bo‘yicha ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий