Federatsiya faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazib borilmoqda

Federatsiya faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazib borilmoqda

Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi R.Ulmasov “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida viloyat 2-sonli onkologiya shifoxonasida tayanch guruhi faollari bilan uchrashdi. Uchrashuv savol-javoblar tarzida o‘tkazilib, uning davomida faollarni Federatsiya faoliyatiga oid so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirib o‘tildi.

Tadbir ishtirokchilariga savollari va ular tomonidan bildirilgan ko‘tarilgan masalalardan kelib chiqqan hamda yurtimizda iste’molchilik harakatiga doir qonunchilikka kiritilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatini yaxshi anglab olgan holda, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan keng jamoatchilik nazorati olib borish ishlarida faol ishtirok etishga chaqirildi. Buning uchun esa Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari atrofida jipslashish zarurligi ham alohida ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir doirasida iste’molchilik sohasiga oid masalalarda muammolarga duch kelganda Federatsiya tizimi tashkilotlari kuch va imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tushuntirishlar ham berib o‘tildi.

Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий