To‘kinchilik yaxshi, lekin amaldagi qonunchilik talablarini ham nazardan chetda qoldirib bo‘lmaydi

To‘kinchilik yaxshi, lekin amaldagi qonunchilik talablarini ham nazardan chetda qoldirib bo‘lmaydi

Yurtimizga kirib kelayotgan pishiqchilik mavsumi bozorlarimizga, dasturxonimizga to‘kinchilik olib kelishi barobarida, iste’molchilarda sotish uchun keltirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining amaldagi tartib qoidalarga mosligi, iste’molchilarning hayoti, sog‘ligi va mol-mulki uchun ziyon keltirmasligi bo‘yicha talablarga javob berishi yuzasidan ham savollarni keltirib chiqarishi tabiiy.

Iste’molchilarning ko‘nglidagi bunday shubha va gumonlarga barham beruvchi hujjat vazifasini esa, bozorda sotilayotgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligi amaldagi talablarga javob berishini tasdiqlovchi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasining ma’lumotnomasi hisoblanadi.

Bu borada hududiy birlashma tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan o‘rganishlar Toshloq tumani hududidagi bozorlarda ham olib borilmoqda. Tuman jamiyati xodimlari, mas’ullar hamrohligida, bozor hududida sotilayotgan mahsulotlarning tegishli hujjatlari mavjudligi, qolaversa bunday hujjatlarni rasmiylashtiruvchi idora — bozor hududidagi veterinariya-sanitraiya ekspertiza laboratoriyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishmoqdalar.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий