Bozorlarda sotilayotgan mahsulotlar amaldagi me’yorlar talablariga mosligi kuzatuvdan o‘tkazilmoqda
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari hududiy birlashma topshirig‘i asosida o‘tkazilayotgan o‘rganish ishlari doirasida, soha mutaxassislari bilan hamkorlikda, shahar Dehqon bozorida sotilayotgan mahsulotlar sifati va xavfsizligini ta’minlab berilishi jarayonlari, xususan bozor qoshida tashkil etilgan veterinariya-sanitariya ekspertiza (VSE) laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdilar.
Shuningdek, bozorlar hududiga sotish uchun olib kirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari: go‘sht va go‘sht mahsulotlari, baliq, tuxum, meva va sabzavot hamda poliz mahsulotlarida VSE laboratoriyasining mahsulot amaldagi me’yorlar talablariga mos kelishini bildiruvchi ma’lumotnomasi mavjudligi ham kuzatuvdan o‘tkazildi.
O‘rganishlar doirasida bozor va VSE laboratoriyasi mas’ullariga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti olib borildi.
Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий