Qonun loyihasi umumxalq muhokamasida

Qonun loyihasi umumxalq muhokamasida

Joriy yilning 25 iyun kunida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi umumxalq muhokamasiga chiqarildi.

Hozirda ana shu qonun loyihasi keng jamoatchilik vakillari, korxona, tashkilot, idora va muassasalar mehnat jamoalari o‘rtasida muhokamalardan o‘tkazilmoqda.

Bugun shunday tadbirlardan biri O‘zLiDeP Farg‘ona shahar kengashi tashabbusi bilan «Uzbekistan airports» aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli «Farg‘ona xalqaro aeroporti» mehnat jamoasi o‘rtasida tashkillandi.

Tadbirda partiya shahar kengashi mas’ul xodimlari, deputatlar va partiya faollari o‘z fikr-mulohazalari va takliflari bilan faol qatnashdilar.

Hududiy birlashma sektor boshlig`i G`.Mamatqulov ham mazkur tadbirda ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Hududiy birlashma axborot xizmati

Отправить комментарий