Iste’molchida qarzdorlik mavjud emas ekan
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan A.Axmadalievning ichimlik suvi to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikdan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaatida ichimlik suvi korxonasi tomonidan uning xonadoniga 230 000 so‘m qarzdorlik hisoblanayotganligini, unga bu haqda korxona nazoratchilaridan biri aytganligini, lekin aslida ularda qarzdorlik mavjud emasligini bildirib, masalani ijobiy yechim topishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.
Shahar jamiyati iste’molchi murojaati asosida «Farg‘ona suv ta’minoti» MChJ Farg‘ona shahar bo‘limiga aloqa xati bilan murojaat qilganida, korxona A.Axmadalievning Hidoyat ko‘chasidagi yashash xonadonida ham, unga qarashli bo‘lgan ko‘p qavatli uydagi xonadonda ham ichimlik suvidan qarzdorlik mavjud emasligini ma’lum qilgan. Shahar jamiyati fuqaroga bu haqda ma’lum qilgan.
Imkoniyatdan foydalanib, iste’molchilarga kommunal (gaz, elektr, suv) idoralarning rasmiy saytlari mavjudligini, ushbu saytlarda «Shaxsiy kabinet» xizmati tashkillanganligini, ularda ushbu kabinetlar vosiatsida o‘zlariga bog‘liq joriy holat bo‘yicha kunlik ma’lumotlardan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turish imkoniyati mavjudligini eslatib o‘tamiz.
Faxriddin Boynazarov
Hududiy birlashma huquqiy himoya sektori boshlig‘i
Отправить комментарий