Soliq boshqarmasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Soliq boshqarmasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona viloyat soliq boshqarmasida «Soliq tushumlari barqarorligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Adxamjon Tillavoldiev anjumanni kirish so‘z bilan ochib, soliq tizimida olib borilayotgan islohotlar, sohani raqamlashtirilishi natijasida yurtimiz tadbirkorlari uchun teng raqobat muhiti yaratish, pirovardida soliq tushumlari barqarorligini ta’minlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Ta’kidlandiki, viloyatda bu boradagi ishlarni samarali tashkillanishi bilan 2022 yil birinchi yarim yilligida byudjet tushumlari 2 trln. so‘mdan oshib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga o‘sishiga erishilgan.

Hududda soliq ma’murchiligi, yaratilayotgan imkoniyatlar, berilayotgan yengillik va preferensiyalardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda, o‘z biznesini samarali tashkil etib, soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borayotgan insofli tadbirkorlar ko‘pchilikni tashkil etsada, guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, bu ishga panja ostidan qarab, to‘lovlarni turli vajlar bilan ortga surib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari ham yo‘q emas. Ularga esa qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli huquqiy ta’sir choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, anjuman doirasida mahalliy byudjet daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, iqtisodiyotda xufyona aylanmani qisqartirish, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan sa’y-harakatlar yuzasidan ham atroflicha ma’ulmotlar berib o‘tildi hamda OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi..

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий