Mediasavodxonlikning ahamiyatini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshloq tumani sport maktabi jamoasi vakillari ishtirokida internet xavfsizligi masalalarida seminar o‘tkazildi.
«Internet xavfsizligi — sohada iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish masalalari» deb nomlangan mazkur tadbirda ishtirokchilarga internetdan foydalanishda medisavodxonlikning tutgan o‘rni va ahamiyati, shaxsda mediasavodxonlik va tanqidiy fikrlashni shakllantirish, spam, bank kartalari vositasidagi qallobliklar, fishing, kibertovlamachilik, kiberbulling, bolalarni noxush axborotlardan himoya qilish masalalarida fikr va mulohazalar o‘rtaga tashlandi.
Tadbir doirasida Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi apparatlari faoliyati yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий