Bag‘rikenglik va tinchlik yo‘lida ko‘p qirrali transchegaraviy muloqot masalalariga bag‘ishlangan trening bo‘lib o‘tmoqda
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Markaziy Osiyoda bag‘rikenglik va tinchlik yo‘lida ko‘p qirrali transchegaraviy muloqot” loyihasi jurnalistika sohasi hamda radikallashuv, zo‘ravon ekstremizmning oldini olish, bag‘rikenglik, o‘zaro tushunish ahamiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, Farg‘ona shahrida shu nomdagi trening bo‘lib o‘tmoqda.
Treningda viloyatdagi ayrim ommaviy axborot vositalari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqdalar.
Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori G.Babadjanova, O‘zbekiston jahon tillari universiteti dosenti N.Qosimova, «Mintaqaviy tahdidlarni o‘rganish markazi» yetakchi mutaxassisi M.Tajibayevlar radikallashuv, konfliktlar va terrorizmga qarshi kurashda do‘stlik va bag‘rikenglikni shakllantirish masalalarida zaruriy bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.
Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad OAV va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini tinchlik o‘rnatish va ijobiy jurnalistikaning asosiy tamoyillariga o‘rgatishdan iborat.
Treningda hududiy birlashma va ayrim tuman (shahar) jamiyatlarining matbuot va axborot mutaxassislari ham faol ishtirok etib bormoqdalar.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий