Toshloqda ham viloyat konferensiyasi oldidan tadbir tashkillandi

Toshloqda ham viloyat konferensiyasi oldidan tadbir tashkillandi

Toshloq tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari va jamiyat faollarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Federatsiya Kengashi qarorlari bilan belgilab berilgan kun tartibi asosidagi masalalarning muhokamasi o‘tkazildi.

Unda so‘z olgan tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Ulug‘bek Mirzaumarov iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ishtirokchilarga umumiy ma’lumotlar berib o‘tdi. Muhokamada so‘z olganlar Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini hamda takliflarini bildirib o‘tdilar.

Yig‘ilishning ikkinchi yarmida sentyabr oyi oxirlarida o‘tkaziladigan viloyat hududiy birlashmasining navbatdan tashqari konferensiyasiga tumandan vakillar ham saylab olindi.

Shoxistaxon Raximova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий