Asossiz qarzdorlik bartaraf etildi
Uchko‘prik tumani To‘qsonqovun mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi X.U. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 yagona ishonch telefoniga murojaat qilib, gaz idorasi tomonidan uning xonadaniga 900 ming so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligidan norozi bo‘lib, masalani ijobiy hal etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.
Tuman jamiyati xodimlari tomonidan mazkur masalani o‘rganib chiqilishi jarayonida o‘tkazilgan qayta hisob-kitob ishlari davomida iste’molchiga hisoblangan qarzdorlikning haqiqatda asossizligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat «Hududgaz Farg‘ona» gaz ta’minoti filiali Uchko‘prik tuman bo‘limidan olingan rasmiy javob xati bilan ham tasdiqlanadi.
O‘tkazilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha noreal qarzdorlikni bartaraf etilganligi yuzasidan iste’molchiga javob xati yuborildi.
Obbosxon Sobirov
Uchko‘prik tuman jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий