SMS xabarnomada kelgan qarzdorlik summalari tasdig‘ini topmadi
Farg‘ona tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Vodil mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi M.Ishmuhamedovning ichimlik suvi to‘lovlaridan asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligi to‘g‘risidagi yozma murojaati o‘rganildi.
Murojaatchiga ko‘ra, ichimlik suvi ta’minoti korxonasidan ularga biriktirilgan AV 07……10 va AV 07……11 abonent raqamlarida qarzdorlik mavjudligi va mazkur qarzdorliklarni bartaraf qilish lozimligi bo‘yicha telefon raqamiga SMS xabarnoma kelgach, u 28.12.2022 yil kunida ichimlik suvi ta’minoti korxonasiga kelib, 160 ming so‘m miqdorida to‘lovlarni amalga oshirib ketadi. Lekin shu kunning ertasiga telefon raqamiga yana qarzdorlik mavjudligi to‘g‘risida SMS xabarnoma keladi.
Iste’molchi murojaati asosida Farg‘ona tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan «Farg‘ona suvta’minoti» MChJ tuman bo‘limi mas’ullari bilan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida AV 07……10 abonent raqamiga hisoblangan 438719 so‘m va AV 07……11 abonent raqamiga hisoblangan 334848 so‘m qarzdorlikning noreal qarzdorlik ekanligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, noreal qarzdorlikni tegishli tartibda hisobdan chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, iste’molchiga bu haqda yozma javob xati yuborildi.
Farxodjon Rasuljonov
Farg‘ona tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий