Yurtimizda savdo va umumiy ovqatlanishni tartibga soluvchi qoidalar qabul qilinganiga 20 yil to‘ldi

Yurtimizda savdo va umumiy ovqatlanishni tartibga soluvchi qoidalar qabul qilinganiga 20 yil to‘ldi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori hamda Farg‘ona viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan “2023 yil yanvar’-mart oylarida o‘tkaziladigan media-tadbirlar rejasi”ga asosan Farg‘ona politexnika instituti o‘qituvchi va talabalari hamda ommaviy axborot vakillari ishtirokida “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasi umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinganiga 20 yil to‘ldi” mavzusida brifing va seminar tashkillandi.

Tadbirida hududiy birlashmaning doimiy hamkorlaridan bo‘lgan O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi Farg‘ona viloyat bo‘limi hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi mas’ul xodimlari ham ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Ta’kidlandiki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasi umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 75-son qarori 2003 yilning 13 fevralida qabul qilingan. Mazkur qarorning 1-ilovasi bilan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”, 2-ilovasi bilan esa “O‘zbekiston Respublikasi umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalari” tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasidagi norma, ya’ni oldi-sotdi shartnomalarining ayrim turlari to‘g‘risidagi qoidalar, shuningdek, ayrim turdagi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanishi to‘g‘risidagi norma Qarorni qabul qilinishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.
Qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari” 19-bo‘lim va 190 ta banddan iborat. Yurtimizda mazkur Qoidalar bilan chakana savdo faoliyati tartibga solinadi.
Keyingi yillarda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar natijasida unga qo‘shilgan “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning vositachilik savdosining xususiyatlari”, “Tarmoqli marketing yo‘li bilan chakana savdo qilish xususiyatlari”, “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar savdosini internet-do‘konlar orqali amalga oshirish xususiyatlari”, “Savdo avtomatidan foydalangan holda chakana savdo qilish xususiyatlari” kabi 4 ta prim bo‘limlar bilan qoidalardagi bo‘limlar soni 23 taga yetgan.
“O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”ning 2 ta ilovasi bor:
— Zarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari ro‘yxati (1-ilova);
— Xaridorning ta’mirlash davrida unga tekin berib turish yoki xuddi shunday marka (model’, artikul)dagi tovarni almashtirish to‘g‘risidagi talabi tatbiq etilmaydigan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar ro‘yxati (2-ilova)
Ular bilan esa “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 18-moddasi (Iste’molchining maqbul sifatli tovarni almashtirib olish huquqi) hamda 15-moddasida (Tovar nuqsonlarini bepul bartaraf etish tartibi) ko‘zda tutilgan normalarni amalga oshirish borasidagi masalalar hal etiladi.
75-sonli qarorning 2-ilovasi bilan esa, mulkchilik shakllaridan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida umumiy ovqatlanish sohasidagi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishlariga asosiy talablarni tartibga soluvchi “O‘zbekiston Respublikasi umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalari” tasdiqlangan. Qoidalar 3 ta bo‘lim va 27 ta banddan iborat.
Ma’lumot uchun:
Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tizimiga 2022 yil davomida fuqaro (iste’molchi)lardan kelib tushgan 840 ta murojaatlarning 24,3 foizi hamda respublika bo‘yicha O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimiga kelib tushgan 13522 ta murojaatlarning 49,7 foizi aynan savdo masalalarida kelib tushgan.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий