Yosh kadrlarning bilim va malakasi oshirilmoqda

Yosh kadrlarning bilim va malakasi oshirilmoqda

Har bir tashkilotning bosh maqsadlaridan biri bu o‘z xodimlarining kasbiy bilim va malakalarini doimiy oshirib vositasida ularni o‘z sohasining bilimdoni bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish hamda buning ortidan tashkilotdagi mehnat samaradorligini ham oshirishni erishishdan iborat, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shu nuqtai nazardan, hududiy birlashma tizimidagi yosh kadrlarga tizimli ravishda turli seminar, treninglarda qatnashishlari tavsiya qilinib, ularga o‘z bilim va malakalarini oshirib borishlariga ko‘maklashib kelinmoqda.

Bugun Farg‘ona shahrida O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan tashkillangan «Mediasavodxonlik va faktcheking bo‘yicha jurnalistlar, blogerlar, NNT vakillari salohiyatini oshirish» mavzusidagi ikki kunlik trening o‘z ish faoliyatini boshladi. Unda tizimimizning yosh xodimlaridan Dilobar Dadaxonova, Shohista Rahimova va Muhammadaziz Isaqovlar ham ishtirok etib, sohaga oid bilimlarini oshirmoqdalar.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий