Onlayn savdo vositasida xarid qilingan ko‘ylak nuqsonlari sabab sotuvchiga qaytarildi

Onlayn savdo vositasida xarid qilingan ko‘ylak nuqsonlari sabab sotuvchiga qaytarildi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shaharning «Chor-chinor» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X. I. dan onlayn savdo vositasida xarid qilgan ko‘ylakning sifatsiz chiqqanligi va sotuvchi vakili tomonidan uni qaytarib olish rad qilinayotganligi, ushbu holatda o‘zining qonuniy huquqlarini amalga oshirishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati kelib tushdi.

Iste’molchi ko‘ylakni telegram messenjeridagi onlayn savdo amalga oshiriluvchi guruhlardan birida reklama qilinayotgan tovarlar ichidan tanlab, 125 000 so‘mga xarid qilgan. Lekin tovar uning qo‘liga yetib kelganida u reklamada ko‘rsatilgani va va’da qilingani kabi maqbul sifatda emasligi, uning o‘lchami o‘ziga mos emasligini (kichikligini) ko‘rgach, uni o‘z kuchi bilan sotuvchiga qaytarib, pulini qaytarib olish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirgan, biroq bu bilan ijobiy natijaga erisha olmagan.

Shahar jamiyati mutaxassislari murojaatni o‘rganish jarayonida telegram messenjerida onlayn savdoni amalga oshiruvchi shaxs bilan bog‘lanib, unga yuzaga kelgan holat hamda mazkur holatda qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish berganlaridan so‘ng, 125 000 so‘m pul iste’molchiga qaytarilishiga erishildi.

Saidxon Xapizov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий