Uch million so‘m asossiz qarzdorlik iste’molchi zimmasidan soqit qilindi

Uch million so‘m asossiz qarzdorlik iste’molchi zimmasidan soqit qilindi

Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Turk ravot» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi O.A.ning o‘zlariga qarashli bo‘lgan, lekin muayyan vaqtlardan buyon hech kim istiqot qilmaydigan xonadonning elektr energiyasi to‘lovlari bo‘yicha 3 000 000 so‘m qarzdorlik chiqarilganligi va ushbu holatga oydinlik kiritib berilishini so‘rab yozgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida katta miqdorda qarzdorlik mavjudligi da’vo qilingan xonadonda uzoq vaqtlardan buyon hech kim yashamasligini bildirib o‘tgan va ushbu holat murojaatni joyiga borib o‘rganilishi davomida ham tasdig‘ini topdi. Ma’lum bo‘lishicha, 1970-yillarda qurilgan ushbu xonadonda foydalanib kelingan elektr hisoblagich eski rusumda bo‘lgan va 2024 yilning yanvar oyida ushbu hisoblagich elektr ta’minoti korxonasi tomonidan zamonaviy rusumdagisiga almashtirilgan. Shundan so‘ng, iste’mol ko‘rsatgichi besh xonali sondan iborat bo‘lgan va ko‘rsatgichning yuqori chegarasi 10 000 raqamidan qaytadigan ushbu eski hisoblagich haqidagi ma’lumotlarini komp’yuter bazasiga kiritilishida uning 7 385 kVt/soat ko‘rsatgichini maksimal ko‘rsatgichga yetib, keyingi marta aylanishidagi ko‘rsatgich sifatida kiritilishi iste’molchida 2 889 820 so‘m qarzdorlikni kelib chiqishiga olib kelgan. Bu orada ushbu summaga 54 586 so‘m penya ham qo‘shilib, jami qarzdorlik summasi 2 944 406 so‘mga yetgan.

Olib borilgan o‘rganish ishlari davomida ushbu holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar tuman elektr ta’minoti korxonasiga kiritilganidan so‘ng, korxonadan istemolchi xonadoniga hisoblangan qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinib, ushbu summa iste’molchi hisob kartasidan chiqarib yuborilganligi to‘g‘risida javob xati olindi.

Feruza Umurzaqova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий