Shartnomalar iste’molchiga noto‘g‘ri ma’lumot berilishi natijasida tuzilganligi sababli bekor qilindi

Shartnomalar iste’molchiga noto‘g‘ri ma’lumot berilishi natijasida tuzilganligi sababli bekor qilindi

Uchko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shu tumanda istiqomat qiluvchi Q.A.ning sotuvchi vakillari tomonidan mahsulot haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilishi oldi-sotdi amaliyotini amalga oshirilishiga va tovarni mobil ilova vositasida bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzilishiga olib kelganligi hamda mazkur shartnomani qonunchilik talablari asosida bekor qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, u mehnat faoliyati olib borayotgan tashkilotga tashrif buyurgan va o‘zlarini savdo-vositachilik firmasi vakillari deb tanishtirgan shaxslar ularga ayrim turdagi tovarlarni targ‘ibotini olib borish jarayonida, qandaydir lotoreya shaklida tanlov o‘tkazib, uning qo‘liga go‘sht qiymalagich va idishlar to‘plamini topshirib, pulini muddatli to‘lov shartlarida to‘lanishi uchun «Uzum nasiya» mobil ilovasiga uning nomiga rasmiylashtirganlar. Iste’molchi onlayn ilovaga ma’lumotlarni kiritish vositasida uning nomiga, 2 ta shartnoma bo‘yicha, jami 6 048 000 so‘mlik moddiy majburiyat yuklatilganligini va tovarlar qiymatini bir yil davomida bo‘lib to‘lab borishi lozimligi to‘liq tushunib yetmagan va ushbu voqealardan muayyan vaqt o`tib huquqiy yordam so‘rab tuman jamiyatiga murojaat qilgan.

Tuman jamiyati mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlardan kelib chiqqan holda, onlayn savdo platformasi rahbariyati nomiga shartnomani bekor qilinishi masalasida tegishli talabnoma kiritdi. Ushbu tashkilot tomonidan talabnoma o‘rganib chiqilgach, iste’molchi Q.A.ning nomiga rasmiylashtirilgan №3846030 va №3846424-sonli shartnomalar bekor qilinganligi to‘g‘risida javob xati olindi.

Sardor Mirzajonov,
tuman jamiyati raisi.

Отправить комментарий