Mablag‘ iste’molchining bank kartasidan asossiz yechilgani ma’lum bo‘ldi

Mablag‘ iste’molchining bank kartasidan asossiz yechilgani ma’lum bo‘ldi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Qo‘shtupa tumani «Sarmazor» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi M.M.ning tovarlarni iste’mol kreditiga realizasiya qiluvchi savdo do‘konidan ilgari olinib, keyinchalik to‘liq so‘ndirilgan iste’mol krediti uchun bank plastik kartasidan asossiz to‘lov olib qolinishi holatidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaatni o‘rganish davomida, iste’molchi tomonidan shahardagi «Hamroh» kredit savdo do‘konidan maishiy texnikalar uchun olingan iste’mol krediti summasi to‘liq so‘ndirilgan bo‘lsada, uning bank plastik kartasidan haqiqatan ham to‘lov uchun 567 000 so‘m mablag‘ yechib olingani ma’lum bo‘ldi. Mablag‘ni yechib olinishiga esa ma’sul xodim tomonidan hujjatlashtirish ishlarini o‘z vaqtida to‘liq nihoyasiga yetkazilmagani sabab bo‘lgan.

O‘rganish davomida yuqoridagi holat bartaraf qilinib, 567 000 so‘m mablag‘ iste’molchining bank plastik kartasiga qaytarildi.

Avazbek Yusupov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий