Asossiz qarzdorlik iste’molchi zimmasidan soqit qilindi
Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Dilkusho» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.D.ning ichimlik suv ta’minoti korxonasi tomonidan asossiz ravishda 300 000 so‘m miqdorida qarzdorlik hisoblanayotganligi holati yuzasidan Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Tuman jamiyati iste’molchining murojaatida keltirilgan vajlarni o‘rganib chiqib, bu borada «Farg‘ona suv ta’minoti» AJning tuman filialiga so‘rov xati kiritdi. Korxonadan 01-02/830-sonli javob xatida Billing bazasi orqali iste’molchi A.D.ning shaxsiy hisob raqami o‘rganib chiqilganda barcha to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lab borilganligi ma’lum bo‘lganligi, aholi inspektori tomonidan noto‘g‘ri hisob-kitob qilinishi natijasida 300 000 so‘m qarzdorlik kelib chiqqanligi va o‘rganish yakunlari bilan mazkur asossiz qarzdorlik bartaraf qilinganligi hamda bugungi kun holatiga uning ichimlik suvi uchun to‘lovlardan qarzdorligi yo‘qligi ma’lum qilindi.
O‘rganish doirasida tomonlarga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti olib borilib, o‘rganish yakunlari bo‘yicha iste’molchiga rasmiy javob xati yuborildi.
Abror Isaqov,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий