Yetti million so‘mga xarid qilingan isitish qozoni yaxshi ishlamagani bois puli qaytarib olindi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Obi-hayot ko‘chasida yashovchi D.I.ning o‘tgan yili 7 000 000 so‘mga xarid qilingan ikki konturli suv isitish qozonini o‘tgan yil isitish mavsumida ham yaxshi ishlamagani, bu yil ham shu holat takrorlanayotganligi, uni almashtirish yoki pulini qaytarilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi murojaatida iste’molda bo‘lgan (B/U) isitish qozoni 2023 yil dekabrida Farg‘ona shahridagi «Ariston servis» savdo do‘konidan bir yillik kafolat muddati bilan xarid qilinganligini, o‘tgan yilning isitish mavsumi davomida yaxshi ishlamagani bois 10 martaga yaqin usta chaqirib sozlangani, joriy yilda ham o‘tgan yilgi holat takrorlanayotganligini ma’lum qilib, muammoni qonuniy yechim topishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.
Murojaat asosida o‘tkazilgan o‘rganishda iste’molchi tomonidan keltirilgan vajlarning o‘rinli ekanligi ma’ulm bo‘lgach, sotuvchiga amaldagi qonunchilik bo‘yicha kafolat muddati belgilangan tovarlarda nuqsonlar yuzaga kelganda iste’molchining huquqlari, jumladan tovarni maqbul sifatdagisiga almashtirib olinishi yoki shartnoma bekor qilinib, pulini qaytarilishini talab qilish huquqlari mavjudligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Tushuntirishlardan to‘g‘ri xulosa chiqargan sotuvchi iste’molchining 7 000 000 so‘m pulini qaytarib, muammoni qonuniy yechim topishini ta’minlab berdi.
Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий