«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda hududiy birlashma o‘rtasida sohaga oid amaldagi qonunlar va qonunosti hujjatlari ijrosini ta’minlashda ijtimoiy sherbklik hamda hamkorlik olib borish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi imzolangan edi. Bugungi kunda joylarda ana shu chora-tadbirlar rejasida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosi yuzasidan turli ko‘rinishdagi ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib borilmoqda.
Toshloq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazida tashkillangan «Inson manfaatlarini ta’minlashda jamoat birlashmalarining o‘rni» mavzusidagi davra suhbati ham yuqoridagi chora-tadbirlar rejasi ijrosi asosida tashkillanib, unda ishtirok etgan markaz xodimlariga amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasining «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonunidan samarali foydalanish, davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini olib borishning o‘ziga xos tomonlari hamda jamoat tashkilotlarining ushbu jarayonda tutgan o‘rni va roli haqida batafsil fikr-mulohazalar almashildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, ikki tashkilot o‘rtaisda yo‘lga qo‘yilgan ijtimoiy sheriklik hamda ahmkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.
Husnidaxon Yakubova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий