Pochta aloqa xizmatlarida iste’molchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda

Pochta aloqa xizmatlarida iste’molchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda

Federatsiyaning viloyatdagi tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan, Raqobat boshqarmasi so‘rovi asosida, viloyat hududidagi pochta bo‘linmalarida aholidan turli to‘lovlarni, shu jumladan kommunal xizmatlar, soliq, ma’muriy jarima, davlat boji va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qilish xizmatlari ko‘rsatishda iste’molchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, xizmatlar to‘g‘risida va to‘lov xizmati ko‘rsatganlik uchun olinadigan vositachilik haqlari to‘g‘risida iste’molchilar xabardor qilinganligi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Yozyovon tumanida ham mazkur o‘rganishlar xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotda qonunchilikning tegishli moddalari talablari ijrosi ta’minlanganligi, iste’molchilarning xizmat ko‘rsatuvchi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida to‘laqonli ma’lumot olish huquqi ta’minlab berilganligi, xizmatlardan foydalanish va to‘lovlarni amalga oshirish uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek bo‘linma xizmatlaridan foydalanayotgan fuqarolarning bu boradagi fikr-mulohazalari, e’tirozlari va takliflarini o‘rganish shaklida olib borildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlanib, tegishli tartibda mas’ul idoralarga taqdim qilinadi.

Shavkatjon Saidov,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий