Iste’molchining talabi bilan ovoz kuchaytirgich uskunasi boshqasiga almashtirib berildi

Iste’molchining talabi bilan ovoz kuchaytirgich uskunasi boshqasiga almashtirib berildi

Dang‘ara tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Qo‘qon shahrida yashovchi D.J.ning tuman hududidagi bozordan 16 000 000 so‘mga xarid qilingan ovoz kuchaytirgichni sotuvchidan almashtirib ololmayotganligi xususidagi og‘zaki murojaati o‘rganildi.

Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, u tumandagi “Baraka” savdo majmuasi hududidan Hammer Tech rusumidagi ovoz kuchaytirgich uskunalari to‘plamini 2024 yilning mart oyida xarid qilgan. Lekin keyinchalik uskunani ishlatish davomida unda muayyan nuqsonlar kuzatilavergach, sotuvchiga uni boshqa rusumdagi uskunaga almashtirish talabi bilan murojaat qilgan. Sotuvchi tomoni turli vaj-karson va sabablar bilan uning ushbu talabini bajaravermagach, Dang‘ara tuman jamiyatiga ushbu masalada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qiladi.

Tuman jamiyati mas’ullari tomonidan sotuvchi bilan uchrashilib, amaldagi qonunchilik talablari va ularni bajarmaslik natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berilishi bilan masalani iste’molchi foydasiga hal qilinishiga erishildi. O‘rganish davomida tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilib, e’tiroz bildirilgan uskunalar to‘plami boshqa rusumdagisiga almashtirildi.

Raufjon Tuychiev,
tuman jamiyati mutaxassisi.

(illyustrativ foto)

Отправить комментарий